Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 17 ta davlatdan qiymati 19,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 20 ming tonna parranda go‘shti import qilingan.
Parranda go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 966 tonnaga oshgan.
2022-yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p parranda go‘shtini import qilgan davlatlar:
— Polsha – 5,5 ming tonna
— Turkiya – 3,4 ming tonna
— Rossiya – 3 ming tonna
— Belgiya – 2,3 ming tonna
— AQSh – 1,8 ming tonna
— Niderlandiya – 858 tonna
— Litva – 690 tonna
— Germaniya – 443 tonna
Axborot xizmati