Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 20,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 88 182 dona muzlatgich eksport qilgan.
Muzlatgich eksporti 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5 mingtaga kamaygan.
O‘zbekiston 13 ta davlatga muzlatgich eksport qilgan.
O‘zbekiston 5 oy mobaynida eng ko‘p muzlatgich eksport qilgan davlatlar:
— Tojikiston – 27 494 dona
— Qozog‘iston – 23 833 dona
— Rossiya – 19 880 dona
— Qirg‘iziston R. – 7958 dona
— Turkmaniston – 3971 dona
— Ozarbayjon – 1675 dona
Axborot xizmati