2022-yilning yanvar-may oylarida Samarqand viloyatida jami 2944,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 103,6 foizni tashkil etdi.
2022-yil yanvar-may oylarida qurilish ishlari hajmining tarkibi, ulushi % da
Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.
Amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha mulkchilik shakli, davlat va nodavlat bo‘lgan korxona va tashkilotlar tarkibibo‘yicha bo‘linadi.
Ma’lumot uchun: qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.
Axborot xizmati