2022-yilning yanvar-may oylarida viloyat korxonalari tomonidan 9 922,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-may oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 108,3 foizni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 96,5 foizni tashkil etdi.
Asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi, FHI* % da
*Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining taqqoslanadigan davrlardagi o‘zgarishini tavsiflovchi nisbiy ko‘rsatkichdir.
Axborot xizmati