21/06/2022

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga qiymati 49 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.

Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

➖ Qozog‘iston – 153,4 ming tonna

➖ Rossiya – 4,9 ming tonna

➖ AQSH – 50 tonna

➖ Italiya – 27 tonna

➖ Hindiston – 2 tonna

➖ Fransiya – 1,8 tonna

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech