TSA da eksport hajmi 257,0 mln. AQSh dollariga (46,0 % ga koʻpaydi) va import hajmi 668,0 mln. AQSh dollariga (27,8 % ga koʻpaydi) yetdi. Hisobot davrida – 411,0 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 80 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan 9 ta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Tojikiston, Singapur, Afg’oniston, Qirgʻiz Respublikasi, Ozarbayjon, BAA va Slovakiya shular jumlasidandir. Qolgan 71 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Axborot xizmati