04/07/2022

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 673,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 37,0 % ni tashkil etdi.

Shahar va tumanlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Bulung‘ur tumanida (100,0 %), Qo‘shrobot tumanida (100,0 %), Kattaqo‘rg‘on shahrida (93,1 %), Oqdaryo tumanida (84,1 %), Kattaqo‘rg‘on tumanida (81,8 % ni) tashkil etdi.

 

 

Viloyatimizda shahar va tumanlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Narpay tumanida(15,8 %), Paxtachi (20,6 %), Ishtixon (23,7 %), Tayloq (31,1 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining  kamligini, mazkur  hududlarda  joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech