04/07/2022

Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022-yil yanvar-may oylari yakuniga ko‘ra, 2 861,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yil yanvar-may oylariga nisbatan 113,5 % ni, jami ulgurji savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 76,2 % ni  tashkil  etdi.

 

 

Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda yuqori ulush Kattaqo‘rg‘on shahri (97,0 %) va Urgut (100,0 %), Payariq (100,0 %), Oqdaryo (100,0 %), Jomboy (99,9  %), Ishtixon (100,0 %), Narpay (98,9 %) tumanlarida bo‘lgan. Eng past ulush esa Bulung‘ur (39,5 %) va Pastdarg‘om (67,6 %) tumaniga to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech