Samarqand Viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022-yil yanvar-may holatiga 405,3 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan eksport – 141,2 mln. AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import – 264,1 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etildi.
Samarqand viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori ulushlari Rossiya Federatsiyasi (38,2 %), Qozogʻiston (35,7%) hamda Tojikiston (6,4 %) davlatlari bilan qayd etildi.
Axborot xizmati