Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq, joriy yilning 6-iyul kuni Samarqand viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i D. Musinov, Davlat statiskika qo'mitasidan O. Sidikov hamda viloyat statistikia boshqarmasi mutassadi xodimlari tomonidan joylarda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi, joylarga chiqqan holda o‘tkazgan xatlov natijalari, sxematik xaritalarning bugungi kundagi holati o‘rganildi. O‘rganishlar yakunida tuman kadastr bo‘limi bilan hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishib olindi..
Axborot xizmati