Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2022-yil yanvar-may oylarida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan ko‘payish kuzatildi. Ular tomonidan jami qurilish ishlari hajmining 71,8 foizi bajarilib, 2021-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 0,5 foiz punktga ko‘payish kuzatildi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,0 foizni tashkil etgan holda 2114,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 11,4 foizni tashkil etib, 336,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021-yilning yanvar-may oylariga nisbatan kamayish kuzatilib, 70,2 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati