Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 696 tani tashkil etib, ulardan 678 tasi yoki 97,4 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 50 taga yoki 8,0 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
2022-yilning yanvar-iyun oylarida 43 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.
Axborot xizmati