Viloyat bo‘yicha, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 13 262,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 - yilning mos davriga nisbatan 9,9 foizga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 2 842,2 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 121,8 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 9 290,5 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 107,0 %), uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1129,5 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 107,4 %)ni tashkil etdi.
Axborot xizmati