Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 - yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 26,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
• Qozog‘iston – 47 ming tonna
• Rossiya – 23,4 ming tonna
• Qirg‘iziston R. – 14,4 ming tonna
• Tojikiston – 9,3 ming tonna
• Belarus – 1,9 ming tonna
2022- yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan hududlar:
• Toshkent viloyati – 23,4 ming tonna
• Farg‘ona viloyati – 12,8 ming tonna
• Аndijon viloyati – 11,4 ming tonna
Axborot xizmati