2022- yilning 26- avgust kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi masʼullari ishtirokida viloyat Matbuot uyida “Samarqand viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari ko‘rsatkichlarini shakllantirish va ularning tahlili” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanini viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b. Sh. Abdiyev ochib berdi.
Viloyat statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i X. Xazratqulov so‘zga chiqib, kun tartibidagi asosiy mavzu xizmatlar sohasi va bu sohadagi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlar, shuningdek, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida Samarqand viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi, o‘sish surʼatlari, hisobotlarning shakllanish tartibi to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati