07/09/2022

2022- yil yanvar-iyun oylarida 49875 nafar bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 24,8 promilleni tashkil etdi hamda bu ko‘rsatkich 2021- yilga nisbatan 0,7 promillega oshganligi kuzatildi (2021- yilda 24,1 promilleni tashkil etgan).

 

 

Ma’lumot uchun: Tirik tug‘ilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi) biri mavjud bo‘lsa ham bola tirik tug‘ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lishi lozim.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech