22/09/2022

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Abdiyev Sharof Azamovich tomonidan 2022-yilning 22-sentabr kuni Samarqand tumanidagi YANGIOBOD mahalla fuqarolar yig‘inida ushbu mahallaning faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib o‘tdi.

Shuningdek, mahalla faollari ushbu qaror va qonun hujjatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar oldi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech