Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Abdiyev Sharof Azamovich hududlarga chiqib, statistika sohasiga oid yangiliklar bilan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida 2022-yilning 23-sentabr kuni Samarqand tumanidagi “YANGIRAVOT” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbir tashkil etilib, ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, mahalla faollari ushbu qaror va qonun hujjatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar oldi.
Axborot xizmati