Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2022- yil yanvar-avgust oylarida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan ko’payish kuzatildi. Ular tomonidan jami qurilish ishlari hajmining 69,3 foizi bajarilib, 2021- yilning yanvar- avgust oylariga nisbatan 3,4 foiz punktga ko’payish kuzatildi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,7 foizni tashkil etgan holda 3774,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 11,8 foizni tashkil etib, 641,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021- yilning yanvar - avgust oylariga nisbatan kamayish kuzatilib, 61,4 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati