26/09/2022

Viloyat bo‘yicha 2022- yilning yanvar-avgust  oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 301,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 6,5 foizga ko‘paydi. Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 352,7 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 115,0 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi  948,8 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati  103,7 %)  tashkil etdi.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech