26/09/2022

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Abdiyev Sharof Azamovich hududlarga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha farmon va qarorlarida belgilangan vazifa va topshiriqlari ijrosi yuzasidan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida, 2022-yilning 26-sentabr kuni Samarqand tumanidagi QUYI CHORDARA va YANGIRAVOT mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari hamda ushbu mahallalar aholi vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tadbir tashkil qilindi.

 

 

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir bo‘lib qolayotganligi bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olganligi shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligi hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilinganligi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinayotganligini ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tdi.

Muhtaram, Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur deganidek, mamlakatimizda olib borilayotgan ochiq siyosat hamda izchil islohotlar natijasida o‘zgarayotgan, yangilanayotgan, milliy tiklanish yo‘lidan milliy yuksalish yo‘liga o‘tgan O‘zbekistonning dunyodagi o‘rni va mavqei tobora mustahkamlanib borayotganligi hamda jamiyatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari so‘zsiz ta’minlanib, milliy qadriyatlarimiz tiklanayotganligi, barcha sohalar va tarmoqlarda barqaror o‘sish sur’atlari kuzatilayotganligi, xalqimizning turmush darajasi yaxshilanib, davlatga hamda ertangi kunga bo‘lgan ishonchi tobora ortib borayotganligini mamnuniyat bilan gapirib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomada “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz va biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak” deb alohida ta’kidlaganini, korrupsiyani oldini olishda jamoatchilik nazoratini ta’minlash, bu borada avvalo aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini, shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhit shakllantirilmasa, ijobiy natijaga erishib bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

 

 

Shuningdek, mahalla faollari hamda aholi vakillari korrupsiyaga holatlariga qarshi kurashish yuzasidan o‘zlarininig taklif va mulohazalarini bildirishdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech