Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022- yil yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra, 5 180,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 110,6 foizni, jami ulgurji savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 74,9 foizni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda yuqori ulush Kattaqo‘rg‘on shahri (97,3 %) va Urgut (100,0 %), Payariq (100,0 %), Oqdaryo (100,0 %), Nurobod (99,7 %), Ishtixon (100,0 %), Narpay (98,8 %) tumanlarida bo‘lgan. Eng past ulush esa Bulungur (24,6 %) va Pastdarg‘om (75,0 %) tumaniga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati