04/10/2022

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 6 351,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 36,8 foizni tashkil etdi.

Shahar va tumanlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Bulung’ur tumanida (100,0 %), Qo’shrobot tumanida (100,0 %), Kattaqo’rg’on shahrida (96,3 %), Oqdaryo tumanida (95,1 %), Kattaqo’rg’on tumanida (80,8 %) tashkil etdi.

 

 

Viloyatimizda shahar va tumanlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Narpay tumanida(15,6 %), Paxtachi (30,8 %), Ishtixon
(41,1 %), Tayloq (29,9 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining  kamligini, mazkur  hududlarda  joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech