Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha 34 464 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahri (4433 ta) va Farg‘ona viloyatida (3979 ta) qayd etilgan bo‘lsa, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri (2 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:
- Qoraqalpog‘iston – 1554 ta
- Andijon viloyati – 3673 ta
- Buxoro viloyati – 1986 ta
- Jizzax viloyati – 1231 ta
- Qashqadaryo viloyati – 2731 ta
- Navoiy viloyati – 1060 ta
- Namangan viloyati – 3250 ta
- Samarqand viloyati – 3799 ta
- Surxondaryo viloyati – 2075 ta
- Sirdaryo viloyati – 1337 ta
- Toshkent viloyati – 3845 ta
- Farg‘ona viloyati – 3979 ta
- Xorazm viloyati – 1511 ta
- Toshkent shahri – 4433 ta
Axborot xizmati