Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 23 ta davlatga qiymati 45 mln. AQSh dollariga 59 ming tonna mosh eksport qilgan.
Mosh eksporti hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 20,1 ming tonnaga ko‘p.
O‘zbekiston eng ko‘p mosh eksport qilgan davlatlar:
— Xitoy – 47,9 ming tonna
— Qozog‘iston – 6 ming tonna
— Eron – 1,1 ming tonna
2022 yilning 8 oyida xorijga eng ko‘p mosh eksport qilgan hududlar:
— Toshkent viloyati – 15,7 ming tonna
— Jizzax viloyati – 15 ming tonna
— Namangan viloyati – 8,2 ming tonna
Axborot xizmati