11/10/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 1-oktyabr holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 768 tani tashkil etgan.

 

Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 531 taga oshgan.

 

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Rossiya – 2 764 ta
  • Turkiya – 2 094 ta
  • Xitoy – 2 062 ta
  • Qozog‘iston – 1 184 ta
  • Koreya – 908 ta
  • AQSh – 335 ta
  • Qirg‘iz R. – 294 ta
  • Tojikiston – 279 ta
  • Ozarbayjon – 248 ta
  • Germaniya – 212 ta
  • Turkmaniston – 168 ta
  • boshqalar – 4 220 ta

 

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech