2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 903,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 192 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 10 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
meva va rezavorlar – 297 ming tonna
quritilgan meva va rezavorlar – 35,7 ming tonna
sabzavotlar – 733 ming tonna
piyoz – 185,4 ming tonna
karam – 135,2 ming tonna
pomidor – 65,8 ming tonna
uzum – 181 ming tonna
mayiz – 64,4 ming tonna
yeryongʻoq – 15,6 ming tonna
tarvuz-qovun – 134,3 ming tonna
Axborot xizmati