23/11/2022

    Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 22 704,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 108,9 foizni tashkil etdi.

 

  • Ishlab chiqaradigan sanoat – 95,7 foiz
  • Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 2,4 foiz
  • Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 1,2 foiz
  • Suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 0,7 foiz

 

   Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 95,6 foizni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech