24/11/2022

    2022-yil yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida savdo xizmatlari ulushi 28,1 foiz.

Xizmatlar hajmi, mlrd. so‘m:

  • 2020- yil – 3 417,5
  • 2021- yil – 4 176,0
  • 2022- yil – 5 198,0

O‘sish sur’ati, foizda:

  • 2020- yil – 102,3
  • 2021- yil – 110,1
  • 2022- yil – 111,4

    Aholi tomonidan xizmatlar sohasining har xil turlariga bo‘lgan talabning barqaror o‘sishi va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan infratuzilmani (ijtimoiy, transport-kommunikatsiya, savdo va boshqalar) rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar xizmat ko‘rsatish sohasining barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirishni ta’minladi.

    Masalan, savdo ibtidoiy taqsimlash mexanizmidan iste’molchiga yo‘naltirilgan bozor talabini yaratish jarayonining faol ishtirokchisiga aylandi.

   Hozirgi vaqtda savdo xizmatlari iqtisodiyotda ko‘rsatilayotgan xizmatlar umumiy hajmining muhim qismini tashkil etadi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech