25/11/2022

    Boshqarmada 2022- yil 25- noyabrda tizim xodimlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i v.b. Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, Korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda - shaffoflik va qonuniylikni taʼminlash muhim omil hisoblanadi mavzusida axboroti eshitildi.

    Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yoʻlga qoʻyish orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilganligini ta’kidlab o‘tdi.


 

    Ochiqlik va shaffoflik bilan keng jamoatchilikni boshqarma tizimida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilish korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlar shu bilan birga korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy harakatlarning sodir etilishiga xizmat qiluvchi sabab va shart-sharoitlar hamda korrupsiyaviy xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga qarshi joriy etilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga mos kelishi va tizimda barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilishi va korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi - korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan tizim xodimlari o‘zining mavqei va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va qo‘mita tizimining ichki hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech