25/11/2022

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat statitika qo‘mitasi Investitsiya va qurilish masalalari bo‘yicha rivojlanishning maqsadli dasturlari va tahliliy axborotlarni shakillantirish bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari D.Toshpulatova boshchiligida Samarqand viloyat statistika boshqarmasi investitsiya va qurilish bo‘limi xodimlari bilan birgalikda, joriy yilning 21-23 noyabr kunlari  Payariq, Oqdaryo, Urgut, Pastdarg‘om hamda Ishtixon tumanlarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi.

 

 

    Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir. O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi. Viloyat mas’ullari tomonidan hududlarda kuzatuvlarni o‘tkazuvchi xodimlarga ishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech