Boshqarmada 2022- yil 25- noyabrda tizim xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Kun tartibidagi seminar yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i v.b. Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2022- yil 28- oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-son Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini batafsil tushuntirib o‘tdi.
Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kirishini ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tdi.
Axborot xizmati