2022- yil yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3 236,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Eng muhimi, ushbu xizmat turi Toshkent shahrida talab nisbatan yuqori bo‘lib, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 16,7 %ni (541,7 mlrd. so‘m) tashkil etdi. Shu bilan birga, Toshkent (481,7 mlrd. so‘m yoki ushbu xizmatlar umumiy hajmining 14,9 %) va Farg‘ona (386,3 mlrd so‘m yoki 11,9 %) viloyatlarida ham ko‘rsatkich ancha yuqori.Eng kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 53,9 mlrd. soʻm (avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar umumiy hajmining 1,7 %).
Hududlar boʻyicha avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi, mlrd. soʻm:
- O‘zbekiston Respublikasi – 3 236,8
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 117,3
- Andijon – 305,9
- Buxoro – 181,8
- Jizzax – 101,5
- Qashqadaryo – 176,1
- Navoiy - 145,9
- Namangan – 143,0
- Samarqand – 321,5
- Surxondaryo – 136,0
- Sirdaryo – 53,9
- Toshkent – 481,7
- Farg‘ona – 386,3
- Xorazm – 144,2
- Toshkent shahri – 541,7
Axborot xizmati