Samarqand viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya–baxtimiz qomusi!” mavzusida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i Sharof Abdiyev so‘zga chiqib, eng avvalo tadbir qatnashchilarini hamda butun o‘zbek xalqini Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 30 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Sh. Abdiyev “Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lganligi (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun), Amir Temurning “Tuzuklar” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lganligi shu bilan birga qonun sifatida bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazganligi aytib o‘tdi.
Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.
Shuningdek, tizim bir qator xodimlari Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuning 30 yilligi hamda samarali va fidokorona mehnat faoliyatlari uchun faxriy yorliqlari topshirildi.
Axborot xizmati