09/12/2022

    Boshqarmada 2022- yil 9- dekabr  – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Kun tartibidagi tadbirda boshqarma boshlig‘i v.b. Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

    Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir. Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa.

    Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta’lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e’tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e’tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi.

 

 

Shu munosabat bilan 2003- yil 9- dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e’lon qilingan. Shu tariqa 2004- yil 9- dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

    Korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo korrupsiya oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakat aholisiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Shu sababli bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, ya’ni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi insonning o‘zida ichki rad etishni shakllantirmoq kerak.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech