Viloyatda 2023- yil 1- yanvar holatiga xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar 710 tani tashkil etadi, shundan 446 tasi qo‘shma korxonalar, 264 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi. Davlatlar kesimida ko‘rib chiqqanda ularning asosiy ulushi (jami xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga nisbatan) Turkiya Respublikаsi 125 ta, shundan 68 tasi qo‘shma korxonalar, 57 tasi esa xorijiy korxonalar, Xitoy Xаlq Respublikаsi 97 ta, shundan 69 tasi qo‘shma korxonalar, 28 tasi esa xorijiy korxonalar, Rossiya Federаtsiyasi 116 ta, shundan 68 tasi qo‘shma korxonalar, 48 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati