Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 161,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 204,6 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilinib, jami eksportning 24,6 %ini tashkil etdi. Bunda 2021- yilning mos davriga nisbatan 37,6 mln. AQSh dollariga ko‘payish kuzatilib, 30,4 %ga ko‘paydi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksporti tarkibiga qaralsa, 52,3 mln. AQSh dollariga teng 91,9 ming tonna sabzavot, shuningdek, 40,9 mln. AQSh dollari qiymatidagi 39,0 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.
Axborot xizmati