03/02/2023

    Joriy yilning 2- fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida  2022- yil yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, boshqarmaning tarmoq va hududiy statistika bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi direktorining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi  bo`yicha o`rinbosari Ziyayev Zoxidjon Murodovich hamda agentlikning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Irgashev Botir Samarovichlar ishtirok etishdi.

 

 

Kun tartibiga binoan, boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich  yig‘ilishni ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2022- yilda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Yig‘ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi  bo‘yicha ma’lumot berildi.

 

 

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy tumanida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

 

Kengaytirilgan Kengash yig‘ilishida tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berib o‘tildi.

Kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

Yig‘ilish yakunida Z. Ziyayev yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda oldindagi ustivor vazifalarni o‘z vaqtida sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbir ishlab chiqish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.  

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech