O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2023- yilning 03- fevral kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.
Mazkur o‘quv soatida ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat fuqarolik xizmatchilarida kreativ fikrlash hamda mamlakatimiz va jahonda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Siyosiy-ma’rifiy soat davomida yig‘ilish qatnashchilari uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022- yil 30- dekabr kuni “Ma’muriy islohatlarni amalga oshirish, Hukumat tarkibi va ish tizimini o‘zgartirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalari bo‘yicha 2023- yildagi eng muhim vazifalar yuzasidan” o‘tkazilgan yig‘ilish tafsilotlari haqida boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyevning ma’ruzasi tinglandi.
Axborot xizmati