Yig‘ilishda kun tartibiga ko‘ra boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, “Korrupsiyaga qarshi kurashishda hamjihatlik zarur” mavzusida ma’ruza qildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini doimiy ravishda o‘rganish yuzasidan ham axboroti eshitildi.
Shuningdek, 2022- yil yakuni bilan onlayn qabul qilinadigan statistika hisobotlari shakllarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida barcha tizim xodimlari qattiq ogohlantirildi. Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar belgilab berildi.
Statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz statistika idoralariga taklif qilish, to‘lovlar undirish, o‘zaro munosabatlarda sansalorlik, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha korrupsiya holatlari haqida to‘xtalib, Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz!”, “Korrupsiyaga to‘qnashdingmi qo‘ng‘iroq qil” va “Unutmang, korrupsiyadan har birimiz jabr ko‘ramiz” mazmunida tayyorlangan bukletlarni aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillariga doimiy ravishda tarqatib borishni ta’kidlab o‘tdi.
Axborot xizmati