14/02/2023

    2022– yilning yanvar–dekabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 19 112,1 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy xajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 45,7 % ni tashkil etdi.

    Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi.

    2022– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 313,2 ming tonna go‘sht (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 4,3 % ga ko‘p), 1 378,4 ming tonna sut (4,3 % ga ko‘p), 1 281,0 mln. dona tuxum (6,9 % ga ko‘p), va 16 825,6 tonna baliq (-13,9 % ga kam) ovlandi.

 

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech