2022– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 281,0 mln. dona tuxum (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 6,9 % ga ko‘p) yetishtirildi. Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmidan 56,1 % dehqon va tomarqa xo‘jaliklari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati