2023– yining 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 5,8 % fermer xo‘jaliklari hissasiga, 93,8 % dehqon va tomarqa xo‘jaliklariga, 0,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 8 % fermer xo‘jaliklariga, 86,8 % dehqon va tomarqa xo‘jaliklariga, 5,2 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 16,7 % fermer xo‘jaliklariga, 82,1 % dehqon va tomarqa xo‘jaliklariga, 1,2 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 34,9 % fermer xo‘jaliklariga, 44,9 % dehqon va tomarqa xo‘jaliklariga, 20,1 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
Axborot xizmati