15/02/2023

    Joriy yilning 10- fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov, boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri J. Obloqulov hamda Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i M. Mo‘minov birgalikda Kattaqo‘rg‘on shahri “G‘arb Machit" MFYga tashrif buyurgan holda, 2023- yilning birinchi yarim yilligida uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuvi ro'yxatiga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tishdi.

 

 

 

    Shakllangan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.

    Eslatib o‘tamiz:  Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech