Joriy yilning 12-fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov, boshqarmaning narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i S.O‘rozaliev hamda Bulung‘ur tumani statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi N.Sattarovalar birgalikda belgilangan reja grafik asosida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rganishdi.
Kuzatuv davomida registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati