2023- yilning 16- fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi Sh. Hikmatov hamda Samarqand shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi intervyuyer S. Berdimurodovlar Samarqand shahrining dehqon bozorida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazishdi. Kuzatuvda intervyuyer tomonidan, bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar uchun ajratilgan savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan mahsulotdan tushgan tushum kabi ma’lumotlar planshet qurilmasiga joyida kiritildi.
O‘tkazilayotgan kuzatuvlarni o‘tkazish davrida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida kuzatuvlarni o‘kazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakli yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati