2023- yilning 20- fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov, boshqarmaning narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i S.O‘rozaliev hamda Ishtixon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi B. Xudoykulovlar birgalikda belgilangan reja grafik asosida “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rganishdi.
Kuzatuv davomida registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati