23/02/2023

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi hamda Jomboy tuman statistika bo‘limi tomonidan Jomboy tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va hokim yordamchilari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

 

 

    Kun tartibidagi o‘quv-seminarda Jomboy tuman statistika bo‘limi boshlig‘i Sh.Buriyev so‘zga chiqib, 4-dx shakli (choraklik) dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobotni taqdim etish muddatlari va elektron raqamli imzodan foydalangan holda  hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay yuborish to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.

 

 

    Jumladan, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi boshlig‘i Z.Davronov ham so‘zga chiqib, qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan ko‘rsatkichlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida tushuntirdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech