23/02/2023

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 16- maydagi “2022-2023- yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli qaroriga asosan barcha idora, muassasa va jamoat tashkilotlarida “Korrupsiyaga qarshi kurash” oyligi doirasida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati statistika boshqarmasida tarmoq bo‘limlari hamda shahar va tumanlar statistika bo‘limi boshliqlari ishtirokida  “Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

    Kun tartibidagi davra suhbatida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, korrupsiya, uning turlari, kelib chiqish omillari, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi qonunchilikda qo‘llaniladigan jazo choralari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib, qisqacha taqdimot o‘tkazildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech