23/02/2023

    Jumladan, joriy yilning 22- fevral kuni Samarqand viloyati statistikasi boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyev Samarqand shahri hamda Samarqand tumanida 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, Sh. Abdiyev intervyuyerlar tomonidan o‘tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech